Tibbiyot instituti o‘qituvchisi
09 Июня 2025

Город:
Наманган
Занятость:
Полная занятость
Компания "IMPULS BSR"
Lavozim nomi: O‘qituvchi
Fanlar: (Tibbiyot kasbiga kirish, Dermatologiya, Virusologiya, Endokrinologiya, Xirurgiya, Travmatologiya, Radiologiya)
Ish turi: To‘liq / Yarim (stavla bo'yicha)
Ish joyi: Namangan shahar "Impuls Tibbiyot Instituti"
Biz jamoamizga yuqori malakali ham nazariy ham amaliy bilim ko'nikmalari kuchli, professor o‘qituvchilarni qidirmoqdamiz. Bizning maqsadimiz – zamonaviy jahon standartlariga mos keladigan eng yuqori sifatli tibbiy ta’limni ta’minlashdir.
Majburiyatlar
- O‘qituvchilik faoliyati:
- Fanlar bo’yicha ma’ruza, amaliy va seminar mashg‘ulotlarini ishlab chiqish va o‘tkazish.
- Talabalarning bilimlarini nazorat qilish (imtihonlar, sinovlar, joriy nazoratlarni o‘tkazish).
- Talabalarning kurs ishlari va bitiruv malakaviy ishlariga rahbarlik qilish.
- Talabalarga o‘quv masalalari bo‘yicha maslahat berish.
- O‘quv-uslubiy ishlar:
- O‘quv-uslubiy materiallarni (o‘quv dasturlari, rejalar, uslubiy qo‘llanmalar, keyslar) ishlab chiqish va yangilab borish.
- Innovatsion ta’lim texnologiyalari va o‘qitish usullarini joriy etish.
- O‘quv rejalari va dasturlarini takomillashtirishda ishtirok etish.
- Ilmiy-tadqiqot ishlari:
- O‘z mutaxassisligi bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish.
- Referatli ilmiy jurnallarda maqolalar nashr etish.
- Ilmiy-amaliy konferensiyalar, simpoziumlarda ishtirok etish.
- Talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlariga rahbarlik qilish.
- Ma’naviy-ma’rifiy ishlar:
- Talabalar bilan ma’naviy-ma’rifiy ishlarda ishtirok etish.
- Talabalarda kasbiy etika va deontologiyani shakllantirish.
Nomzodga qo‘yiladigan talablar:
Ma'lumoti:
- Oliy tibbiy ma’lumot (magistratura, klinik ordinatura)
- Tibbiyot fanlari nomzodi (PhD)/doktori (DcS) ilmiy darajaga ega
- Dotsent/professor Ilmiy unvonga ega
- Ish tajribasi:
- Mutaxassislik bo‘yicha 2-3 yillik klinik ish tajribasi (klinik fanlar uchun)
- Tibbiyot OTMda pedagogik faoliyati 2-3 yil – maqsadga muvofiq
- Ilmiy-tadqiqot ishlari va maqolalar nashr etish tajribasi
- Kasbiy bilim va ko‘nikmalar:
- O‘qitilayotgan fan bo‘yicha chuqur bilim.
- Zamonaviy ta’lim standartlari va o‘qitish metodikalarini bilish.
- Zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar bilan ishlash ko‘nikmalari (agar qo‘llaniladigan bo‘lsa).
- Xorijiy tillarni bilish (ingliz tili – ilmiy adabiyotlarni o‘qish uchun maqsadga muvofiq).
- Kompyuterda erkin ishlash, ta’lim platformalari bilan ishlay olish.
- Shaxsiy fazilatlar:
- Yuqori mas’uliyat va intizomlilik.
- A’lo darajadagi muloqot va tashkilotchilik qobiliyatlari.
- Mustaqil va jamoada ishlash qobiliyati.
- Rivojlanish va kasbiy ko‘nikmalarini takomillashtirish istagi.
Biz taklif etamiz
- Raqobatbardosh ish haqi (individual muhokama qilinadi).
- Kasbiy va martaba o‘sishi uchun imkoniyatlar.
- Qiziqarli ilmiy-tadqiqot loyihalarida ishtirok etish.
- Do‘stona va professional jamoada ishlash.
- O‘qitish va tadqiqotlar uchun zamonaviy moddiy-texnik baza.
Зарегистрируйтесь или войдите, чтобы открыть контакты работодателя
Прикрепите резюме для отклика
Уже с нами?
Войдите, чтобы отправить резюме
03 Июня
Андижан
Компания "ООО Sharda University Uzbekistan" Requirement: One Assistant Professor Qualification / Experience: at least Master degree in...
04 Июня
Math Teacher | Учитель Математики | Matematika O'qituvchisi
Ташкент
Компания "SATashkent" Position: Math Teacher Location: Tashkent, Uzbekistan Type: Full-time/Part-time Responsibilities:...
28 Мая
Tibbiyot instituti o‘qituvchisi/Преподаватель
Чирчик
Компания "IMPULS BSR" Lavozim nomi: O‘qituvchi Fanlar: (Falsafa, Fiziologiya, Gistologiya, sitologiya, embriologiya, Lotin tili va Tibbiy...
08 Июня
Ingliz tili o‘qituvchisi | Fergana( ИП ООО DONG-EUN )
Фергана
Компания "ИП ООО DONG-EUN" Dong-Eun Academy O‘zbekistondagi yetakchi ta’lim markazlaridan biri bo’lib, Farg‘onadagi ikkita filialimizda 300 dan...
08 Июня
Ingliz tili o'qituvchisi | An English teacher
Ташкент
Компания "Rahimov School" Tajribangizni qadrlaydigan maktab qidiryapsizmi? ⏰ Ish vaqti: haftada 5 kun, 8:30-17:00 Nima uchun Rahimov...
Вакансия размещена в отрасли