Tibbiyot instituti o‘qituvchisi

09 Июня

Партнерские Вакансии

Город:

Наманган

Занятость:

Полная занятость

Компания "IMPULS BSR"

Lavozim nomi: O‘qituvchi

Fanlar: (Tibbiyot kasbiga kirish, Dermatologiya, Virusologiya, Endokrinologiya, Xirurgiya, Travmatologiya, Radiologiya)

Ish turi: To‘liq / Yarim (stavla bo'yicha)

Ish joyi: Namangan shahar "Impuls Tibbiyot Instituti"

Biz jamoamizga yuqori malakali ham nazariy ham amaliy bilim ko'nikmalari kuchli, professor o‘qituvchilarni qidirmoqdamiz. Bizning maqsadimiz – zamonaviy jahon standartlariga mos keladigan eng yuqori sifatli tibbiy ta’limni ta’minlashdir.

Majburiyatlar

  • O‘qituvchilik faoliyati:
    • Fanlar bo’yicha ma’ruza, amaliy va seminar mashg‘ulotlarini ishlab chiqish va o‘tkazish.
    • Talabalarning bilimlarini nazorat qilish (imtihonlar, sinovlar, joriy nazoratlarni o‘tkazish).
    • Talabalarning kurs ishlari va bitiruv malakaviy ishlariga rahbarlik qilish.
    • Talabalarga o‘quv masalalari bo‘yicha maslahat berish.
  • O‘quv-uslubiy ishlar:
    • O‘quv-uslubiy materiallarni (o‘quv dasturlari, rejalar, uslubiy qo‘llanmalar, keyslar) ishlab chiqish va yangilab borish.
    • Innovatsion ta’lim texnologiyalari va o‘qitish usullarini joriy etish.
    • O‘quv rejalari va dasturlarini takomillashtirishda ishtirok etish.
  • Ilmiy-tadqiqot ishlari:
    • O‘z mutaxassisligi bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish.
    • Referatli ilmiy jurnallarda maqolalar nashr etish.
    • Ilmiy-amaliy konferensiyalar, simpoziumlarda ishtirok etish.
    • Talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlariga rahbarlik qilish.
  • Ma’naviy-ma’rifiy ishlar:
    • Talabalar bilan ma’naviy-ma’rifiy ishlarda ishtirok etish.
    • Talabalarda kasbiy etika va deontologiyani shakllantirish.

Nomzodga qo‘yiladigan talablar:

Ma'lumoti:

  • Oliy tibbiy ma’lumot (magistratura, klinik ordinatura)
  • Tibbiyot fanlari nomzodi (PhD)/doktori (DcS) ilmiy darajaga ega
  • Dotsent/professor Ilmiy unvonga ega
  • Ish tajribasi:
    • Mutaxassislik bo‘yicha 2-3 yillik klinik ish tajribasi (klinik fanlar uchun)
    • Tibbiyot OTMda pedagogik faoliyati 2-3 yil – maqsadga muvofiq
    • Ilmiy-tadqiqot ishlari va maqolalar nashr etish tajribasi
  • Kasbiy bilim va ko‘nikmalar:
    • O‘qitilayotgan fan bo‘yicha chuqur bilim.
    • Zamonaviy ta’lim standartlari va o‘qitish metodikalarini bilish.
    • Zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar bilan ishlash ko‘nikmalari (agar qo‘llaniladigan bo‘lsa).
    • Xorijiy tillarni bilish (ingliz tili – ilmiy adabiyotlarni o‘qish uchun maqsadga muvofiq).
    • Kompyuterda erkin ishlash, ta’lim platformalari bilan ishlay olish.
  • Shaxsiy fazilatlar:
    • Yuqori mas’uliyat va intizomlilik.
    • A’lo darajadagi muloqot va tashkilotchilik qobiliyatlari.
    • Mustaqil va jamoada ishlash qobiliyati.
    • Rivojlanish va kasbiy ko‘nikmalarini takomillashtirish istagi.

Biz taklif etamiz

  • Raqobatbardosh ish haqi (individual muhokama qilinadi).
  • Kasbiy va martaba o‘sishi uchun imkoniyatlar.
  • Qiziqarli ilmiy-tadqiqot loyihalarida ishtirok etish.
  • Do‘stona va professional jamoada ishlash.
  • O‘qitish va tadqiqotlar uchun zamonaviy moddiy-texnik baza.
Похожие вакансии

03 Июня

Lingvistika o'qituvchisi

Андижан

Компания "ООО Sharda University Uzbekistan" Requirement: One Assistant Professor Qualification / Experience: at least Master degree in...

Отправить резюме подробнее

28 Мая

Tibbiyot instituti o‘qituvchisi/Преподаватель

Чирчик

Компания "IMPULS BSR" Lavozim nomi: O‘qituvchi Fanlar: (Falsafa, Fiziologiya, Gistologiya, sitologiya, embriologiya, Lotin tili va Tibbiy...

Отправить резюме подробнее

08 Июня

Ingliz tili o‘qituvchisi | Fergana( ИП ООО DONG-EUN )

Фергана

Компания "ИП ООО DONG-EUN" Dong-Eun Academy O‘zbekistondagi yetakchi ta’lim markazlaridan biri bo’lib, Farg‘onadagi ikkita filialimizda 300 dan...

Отправить резюме подробнее

08 Июня

Ingliz tili o'qituvchisi | An English teacher

Ташкент

Компания "Rahimov School" Tajribangizni qadrlaydigan maktab qidiryapsizmi? ⏰ Ish vaqti: haftada 5 kun, 8:30-17:00 Nima uchun Rahimov...

Отправить резюме подробнее

10 Июня

Math Teacher | Учитель Математики | Matematika O'qituvchisi

Ташкент

Компания "SATashkent" Position: Math Teacher Location: Tashkent, Uzbekistan Type: Full-time/Part-time Responsibilities:...

Отправить резюме подробнее

Вакансия размещена в отрасли

Образование / Наука: